O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi matbuot xizmati rasmiy bayonot e’lon qildi.
Avvalroq Nikita Makarenko XDPga murojaat qilib, Yelena Babenko faoliyatini tekshirishni so‘ragan edi. Aniqlanishicha, Yelena Babenko 2019-2024-yillarda XDPdan Oliy Majlis deputati bo‘lgan. Ya’ni, hozirda Yelena Babenko deputat emas. Shu sababli, partiya uning faoliyati va shaxsiy fikrini partiyaning Etika qo‘mitasida ko‘rib chiqishga asos yo‘q deb hisoblaydi.
Partiyada ta’kidlanishicha, kasbi yoki lavozimidan qat’i nazar, har bir inson mamlakatdagi birlikni qo‘llab-quvvatlashi, millatlararo munosabatlarda yuksak madaniyat namoyon etishi va qonunlarga rioya qilishi lozim. Xalq-demokratik partiyaning ustuvor g‘oyalari va maqsadlaridan biri - jamiyatda birlik va birdamlikni mustahkamlashdir.