Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qarzlar sabab traktor musodara qilindi.
Jizzax viloyati soliq organi qaroriga asosan Arnasoy tumanidagi Majburiy ijro byurosida "E.D." fermer xo‘jaligidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur xo‘jalik bo‘yicha Byuroga jami 766 million so‘m miqdoridagi 17 ta ijro varaqasi kelib tushgan. Barcha ijro varaqalari soliq qarzdorligiga taalluqli.
Ijro harakatlari chog‘ida Byuro xodimlari fermer xo‘jaligining bank hisoblari hamda barcha mol-mulkiga taqiq qo‘ydi. Shuningdek, xo‘jalikning NEW HOLLAND T6070 rusumli traktori musodara qilindi. Yaqin vaqt ichida traktor onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi, tushgan mablag‘lar soliq qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Ijro tadbirlari davom etmoqda.