Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qarzlar sabab avtomobil musodara qilindi.
Jizzax viloyati MIBga "Nexia" avtomobili haydovchisiga oid ishlar kelib tushgan. Haydovchining tezlik rejimini buzish holatlari 46 marta fotoradarlarda qayd etilgan, biroq u tayinlangan ma’muriy jarimalarni to‘lamagan. Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qarzdorlik ixtiyoriy tartibda qoplanmagani uchun unga nisbatan majburiy undiruv tartibi qo‘llanilgan.
Shu asosda qarzdorning avtomobili qidiruvga e’lon qilinib, oradan vaqt o‘tib topilgan va jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Mazkur chora ko‘rilganidan keyin ham qarzdor qarzlarni to‘lamagach, avtomobil elektron onlayn auksion orqali sotuvga chiqarilgan. Transport vositasi 46 million so‘mga sotilgan, tushgan mablag’ ma’muriy jarimalarni qoplashga yo‘naltirilgan.
Ushbu asosda ijro ishi tugatildi.