Toshkentlik erkakga tilanchilik uchun hukm o‘qildi

Toshkentlik erkakga tilanchilik uchun hukm o‘qildi
Oliy sud rasmiy saytida e’lon qilingan hukm nusxasiga ko‘ra, Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan erkakka nisbatan hukm chiqarildi.

Joriy yil 2-oktabr kuni Sergeli tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 1960-yilda tug‘ilgan tuman fuqarosiga hukm o‘qildi. Erkak ilgari sudlanmagan, uch farzandi borligi qayd etildi.

Aniqlanishicha, 21-iyul kuni u Sergeli tumanidagi ko‘chalardan birida tilanchilik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Tegishli xulosalarni chiqarmagan holda, 4-avgust kuni "Qipchoq" va "Sofdil" ko‘chalari kesishmasida yana tilanchilik qilayotgani aniqlangan. Uning yonidan haydovchilar va yo‘lovchilardan olgan 720 ming so‘m topilgan. Shu asosda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud hukmiga muvofiq, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Tilanchilik qilish" moddasi 1-qismi bo‘yicha aybli deb topilib, 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Mahkumga faqat ish joyiga yoki tibbiyot muassasalariga borish uchun uydan chiqishga ruxsat etilib, so‘ng uyiga qaytishi shartligi belgilandi. Shuningdek, undan olingan 720 ming so‘m davlat daromadiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1