Sinoptiklarning xabar berishicha, ertadan O‘zbekistonda keskin sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Prognozga ko‘ra, 18-19-oktabr kunlari kechasi havo harorati +6 dan +11 darajagacha tushadi. Shimoliy hududlarda kechasi havo harorati +3 darajagacha pasayadi. Mamlakat bo‘ylab o‘rtacha kunduzi havo harorati +25 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s gacha kuchayadi.