Rossiyalik sinoptik Andrey Kalashnikov yaqinlashib kelayotgan qish haqida gapirdi. Sinoptikning ta’kidlashicha, kelayotgan qish o‘zbeklarni hayratda qoldiradi.
"Oldindan bashorat qilishning iloji yo‘q. Ammo bugungi kunga kelib, biz ancha qo‘rqinchli manzarani ko‘rayapmiz. Oktyabr oyining oxiri bo‘ldi, lekin mamlakat bo‘ylab ko‘p shaharlarda hamon yomg‘ir yog‘mayapti. Yog‘ingarchilik O‘zbekiston uchun juda muhim va zarur. Uning yo‘qligi yoki kichik bo‘lishi iqlimga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Aftidan, noyabr oyi ham mamlakatda nisbatan issiq bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, qish kech keladi va odatdagidan uzoqroq davom etadi. Bundan tashqari, kam yog‘ingarchilik va sovuq kunlar kutilmoqda. O‘zbekistonda havo harorati deyarli minus 20 darajaga etgan so‘nggi qishlarni inobatga olsak, bu qish fuqarolarni hayratda qoldiradi", - dedi sinoptik.