Qirg‘iziston Afg‘onistonga yordam berishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda OAV.
Xabarlarga ko‘ra, Qirg‘iziston parlamenti Vazirlar Mahkamasining Afg‘onistonga moliyaviy yordam ajratish taklifini qo‘llab-quvvatlagan. Yordam insonparvarlik yordami shaklida taqdim etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yordam uchun Qirg‘iziston byudjetidan 6 871 600 som (79 000 dollardan ortiq) ajratiladi. Ko‘pchilik qirg‘iz fuqarolari bu qarordan norozi. Yordam miqdori kam bo‘lishiga qaramay, Qirg‘iziston fuqarolari bu mablag‘ni ichki muammolarni hal qilish uchun ishlatish yaxshiroq deb hisoblaydi.