AQSh Adliya vazirligi Jorj Soros fondlarini tekshirishni boshladi

AQSh Adliya vazirligi Jorj Soros fondlarini tekshirishni boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Adliya vazirligi oltita asosiy shtat prokuraturasiga investor Jorj Soros tomonidan asos solingan va moliyalashtiriladigan "Ochiq Jamiyat" (Open Society Foundations) xayriya tarmog‘i faoliyatini kompleks tekshirishni boshlash haqida ko‘rsatma berdi. The New York Times gazetasining idoraning ichki hujjatlariga tayanib xabar berishicha, bu qaror prezident ma’muriyati va nufuzli filantrop o‘rtasidagi qarama-qarshilikning yangi bosqichini anglatadi.

Kaliforniya, Nyu-York, Vashington prokuraturalariga, shuningdek, Chikago, Detroyt va Merilenddagi idoralarga yuborilgan direktivada fondlar faoliyatini keng ko‘lamli huquqbuzarliklarga aloqadorligi yuzasidan tahlil qilish vazifasi qo‘yilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan ehtimoliy ayblovlar orasida reket, elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda firibgarlik va terrorchi tashkilotlarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi holatlar mavjud. Nashrning yozishicha, tekshiruvga konservativ tahlil markazi bo‘lgan Capital Research Center hisoboti sabab bo‘lgan, unda Soros fondlari go‘yoki ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq tashkilotlarga 80 million dollardan ortiq mablag’ ajratgani da’vo qilingan.

Open Society Foundations tomonidan munosabat darhol bildirildi. Tashkilot vakillari o‘zlarining rasmiy bayonotida Adliya vazirligining harakatlarini "fuqarolik jamiyatiga qarshi siyosiy motivlarga asoslangan hujum" deb atadilar. Fond terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etib, o‘z faoliyati faqat tinch va qonuniy xarakterga ega ekanligini, demokratiyani mustahkamlash va konstitutsiyaviy erkinliklarni himoya qilishga qaratilganini ta’kidladi. "Hokimiyat o‘z vakolatlarini ayrim odamlarning huquqlarini poymol qilish uchun suiiste’mol qilsa, bu barchaning huquqlarini xavf ostiga qo‘yadi", - deyiladi fond xabarida.

Ushbu tergov AQSh prezidenti Donald Trampning bir necha bor Jorj Sorosni norozilik harakatlarini tashkil etish va moliyalashtirishda ayblab, jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirgan ommaviy bayonotlari fonida avj olmoqda.

"Ochiq jamiyat" fondlari tarmog‘i dunyodagi eng yirik xayriya tashkilotlaridan biri bo‘lib, yuzdan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlarini himoya qilish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va butun dunyoda demokratik qadriyatlarni ilgari surishni o‘z ichiga oladi.

Jorj Soros o‘z fondlari nomini faylasuf Karl Popperning "Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" asaridan olgan. Popper o‘z kitobida hech bir mafkura mutlaq haqiqatga da’vo qila olmasligini, jamiyat esa faqat demokratik boshqaruv, so‘z erkinligi va shaxs huquqlariga hurmat mavjud bo‘lgandagina gullab-yashnashi mumkinligini ta’kidlagan.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1