Yevropa Ittifoqi Dushanbeni Rossiya prezidentini hibsga olish orderini bajarmaganlikda aybladi. Hibsga olishga order Xalqaro jinoiy sud tomonidan chiqarilgan.
Yevropa tashqi harakatlar xizmati bayonotiga ko‘ra, Tojikiston Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga a’zo davlat hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi Vladimir Putinni hibsga olish orderi xalqaro jinoyatlar uchun chiqarilganini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Putin Ukrainaga bostirib kirishda va bu davlatda harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblanmoqda.