Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati sobiq deputati Olim Sulaymonovning hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIB matbuot kotibi Bobur To‘laganov ushbu ma’lumotga izoh berdi.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, sobiq deputat bir necha bor gumonlanuvchi sifatida rasman huquq-tartibot idoralariga chaqirilgan. Sulaymonovga nisbatan 109-modda 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovga chaqirilganiga qaramay, Sulaymonov huquq-tartibot idoralari xodimlarini chaqiruvini etiborga olmagan. Shu sababli, 14 oktyabr kuni sobiq deputatni qonunga muvofiq tergov harakatlarida ishtirok etishga majburlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.