Toshkent shahridagi Shayxontoxur tumani prokurori almashtirildi, deb xabar qildi tuman hokimligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tuman prokurori etib Akmal Usmonov tayinlangan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Toshkent shahar prokuraturasida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Usmonov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Toshkent yuridik universitetini tamomlagan.