Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Rossiya mehnat muhojirlari uchun yangi cheklovlar va taqiqlarni ishlab chiqishda davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya ayollarni abortga majburlagani uchun migrantlarni deportatsiya qilmoqchi. Bu tashabbus Fuqarolik palatasi tomonidan ilgari surilgan.
Tashabbuschilarning ta’kidlashicha, ayollarni abortga majburlaganlik uchun jazo qattiq bo‘lishi kerak: 200 ming rublgacha jarima yoki hibsga olish, keyin deportatsiya qilish. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Rossiyada muhojirlarga nisbatan qattiqqo‘llik siyosati olib borilmoqda, bu esa o‘z navbatida ko‘plab siyosiy mojarolarga va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga olib kelgan.