O‘zbekiston Prezidenti ayni damda AQShda. Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida ishbilarmon doiralar, shuningdek, Amerikaning yetakchi siyosatchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ham uchrashganini xabar qildi. Ushbu uchrashuv avval erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
E’lon qilingan videolarda uchrashuv boshlanishi ko‘rsatilgan. Ikki yetakchi uchrashuvining boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Tramp avvalroq o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Shavkat Mirziyoyevni so‘zida to‘radigan odam deb atagan edi.