Nodirbek Igamberdiev O‘ktam Hakimovga mualliflik huquqini buzgani uchun moddiy va ma’naviy tovon to‘laydi

Nodirbek Igamberdiev O‘ktam Hakimovga mualliflik huquqini buzgani uchun moddiy va ma’naviy tovon to‘laydi
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalari jamoat birlashmasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga O‘ktam Hakimovning mualliflik huquqi buzilishini to‘xtatish, xususan, ma’naviy zarar va mualliflik huquqi buzilganligi uchun tovon undirishni so‘rab da’vo arizasi bilan murojaat qilgan edi. Da’vo fuqarolik ishi sifatida ko‘rib chiqilib, sud qaroriga ko‘ra, javobgar Nodirbek Igamberdiyev da’vogar O‘ktam Hakimovga 41 200 000 so‘m, shuningdek, javobgarga yetkazilgan 5 000 000 so‘m miqdorida tovon undirishi shart. Qayd etilishicha, sudlanuvchi O‘ktam Hakimovning "Ismigul" qo‘shig‘idan ruxsatsiz foydalangan.

"Ismigul" qo‘shig‘idan ruxsatsiz foydalangan huquqbuzar endilikda muallif O‘ktam Hakimovga 46 million 200 ming so‘m tovon va ma’naviy zarar to‘lashi kerak. Bundan tashqari, sudlanuvchi Nodirbek Igamberdiyev da’vogar O‘ktam Hakimov muallifligidagi "Ismigul" qo‘shig‘ini efirga uzatishni, uni barcha ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishni, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda istalgan shaklda foydalanishni darhol to‘xtatishi shart.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1