O‘zbekistonning sobiq prezidentining nabirasi Maryam Tillyaeva o‘z obunachilariga yigitidan ajralib qolishiga ozgina qolganini so‘zlab berdi. U bu haqdagi bayonotini o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron O‘zbekistonning sobiq prezidentining nabirasi Maryam Tillyaevani uning yor-yori Arno bilan ayirgan. Bo‘ron natijasida Maryam orolning bir sohilida, Arno esa boshqa sohilida qolib ketgan.
Ikkalasi uchrashmoqchi bo‘lgan, ammo bo‘ron tufayli barcha parvozlar bekor qilingan va aeroport yopilgan. Oshiqlar to‘rt soat davomida bir-birlari bilan bog‘lana olmagan. Keyinroq Arno Maryam bilan bog‘lanib, uni tinchlantirgan.