Turkiya chempionatida oltinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Istanbulning "Bashakshehir" jamoasi o‘z maydonida "Alanyaspor"ni qabul qildi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir"ning o‘yindagi yagona goliga mualliflik qildi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Turkiyadagi beshta o‘yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Sofascore hujumchiga 7,4 ball berdi.
"Istanbul Bashakshehir" gol urganiga qaramay, peshqadamlikni saqlab qola olmadi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. "Istanbul Bashakshehir" jamoasida to‘p surayotgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev 62-daqiqada maydonga tushdi, ammo o‘zini ko‘rsata olmadi.