29-sentabr kuni Osiyo chempionlar ligasida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning "Nasaf" klubi Qarshida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini qabul qildi.
Uchrashuv 2:3 hisobida saudiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Birinchi gol 21-daqiqada "Nasaf" darvozasiga kiritildi. Serbiyalik futbolchi Sergey Milinkovich-Savich hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib "Nasaf" Sardor Baxromovning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Futbolchi uzoq masofadan zarba berib gol urdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida, 45+2-daqiqada "Milan"ning sobiq futbolchisi Teo Ernandes "Al-Hilol"ni gol bilan hisobda oldinga olib chiqdi.
61-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Javohir Siddiqov yana hisobni tenglashtirdi. "Al-Hilol" 79-daqiqada braziliyalik Markos Leonardoning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol"ning butun tarkibi 215 million yevroga baholangan. "Nasaf" deyarli 10 million yevroga baholanmoqda.