O‘zbekiston futbol rahbariyati xorijlik murabbiylarga qiziqishda davom etmoqda. Assotsiatsiya rahbariyati Yoaxim Lyov, Fabio Kannavaro va Paulo Bentodan rad javobini olgandan so‘ng, e’tiborni Eron terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Branko Ivankovichga qaratdi.
Malumotlarga ko‘ra, xorvatiyalik murabbiy O‘zbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda. Ivankovich avval Eron va Xitoy terma jamoalarida ishlagan, shuningdek, Xorvatiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va BAA klublarini boshqargan.
Ivankovichning sobiq tarjimoni O‘zbekiston bilan muzokaralar borligini tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, Ivankovich 71 yoshda va uning so‘nggi o‘rni Xitoy terma jamoasi bo‘lgan.