Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulning "Bashakshehir" klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning narxi 1 million yevroga oshib, 5 million yevroga yetdi. Xuddi shu klubda to‘p surayotgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev o‘zining 8 million yevrolik qiymatini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov va Fayzullaev shu yilning yozida Istanbulning "Bashakshehir" klubiga o‘tgan edi.
