O‘zbekiston futbol rahbariyati yaqin kunlarda milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlashi kutilmoqda. Jahonga mashhur insayder Fabritsio Romano O‘zbekistonning italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borayotganini tasdiqladi.
52 yoshli murabbiy O‘zbekiston bilan yana 4 yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. OAV xorijlik murabbiyning maoshini bilib oldi.
"Kannavaro O‘zbekistonda yiliga taxminan 3,5-4 million yevro ishlab topadi. Bu summaga butun murabbiylar shtabini saqlash xarajatlari kiradi. Fabio dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi terma jamoa bosh murabbiyi qatorida to‘rtinchi o‘rinda turadi. U Karlo Anchelotti, Tomas Tuxel va Yulian Nagelsmann kabi ko‘p maosh oladi", - deb yozmoqda OAV.