O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yil yozida futbol bo‘yicha asosiy turnirda ishtirok etishadi.
Avval xabar qilinganidek, jamoa turnirga chiqani uchun taxminan 10 million dollar ishlab olgan. Tayyorgarlik uchun 1,5 million dollar ham ajratiladi. Turnir davomida jamoa o‘z guruhidan chiqsa, O‘zbekiston ko‘proq daromad olishi mumkin.
Jamoa bu daromadning deyarli yarmini yangi bosh murabbiyning maoshiga sarflaydi. Avvalroq OAVda italiyalik Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Kannavaro O‘zbekistonda taxminan 4 million yevro ishlab oladi.