O‘zbekiston futbol rahbariyati va italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro o‘rtasidagi muzokaralar haqida avvalroq xabar bergan edik. Sobiq afsonaviy futbolchi O‘zbekiston bilan bir yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Keyinroq OAVlarda 52 yoshli murabbiyning maoshi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Fabio O‘zbekistonda taxminan 4 million yevro ishlab oladi.
Qayd etish joizki, murabbiylik faoliyatida sezilarli yutuqlarga erisha olmaganiga qaramay, Kannavaro o‘z obro‘si evaziga har doim katta miqdorda pul ishlab topgan. Aniqrog‘i, so‘nggi klubi Zagrebning "Dinamo"sida murabbiyning o‘zi 1,5 million yevro, yordamchilari uchun esa 500 ming yevro ishlab olgan. Xitoyda Fabioning maoshi 12 million yevroga yetdi, u yerda u "Guanchjou Evergrand"ni boshqargan.