Hindistonning Nyu-Dehli shahrida to‘qqiz kun davom etgan paraatletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Dunyoning 109 davlatidan 1 ming 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha hamyurtlarimiz yuqori natijalar ko‘rsatib, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza.
Oltin
• Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash);
• Jasur Xodjaev (F32, yadro uloqtirish);
• Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish);
• Faxriddin Xamraev (T12, 400 m);
• Temurbek G‘iyozov (T64, balandlikka sakrash).
.
Kumush
• Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish);
• Shahina Yigitalieva (F46, nayza uloqtirish);
• Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish);
• Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish);
• Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish).
Bronza
• Tolibboy Yo‘ldoshev (F37, yadro uloqtirish);
• Navro‘za Axmatova (F41, disk uloqtirish).
Qo‘lga kiritilgan medallar soniga ko‘ra aniqlangan umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 100 dan ortiq ishtirokchi davlatlar orasida 14-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Paralimpiya qo‘mitasi sportchilar va murabbiylar shtabini erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.