Italiyalik mashhur futbol ustozi Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan Toshkentga kelgani avvalroq xabar qilingan edi. U O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Timur Kapadzening Fabio Kannavaro bilan uchrashgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi atrofidagi intriga yakuniga yetayotgan ko‘rinadi. Italiyalik Fabio Kannavaro terma jamoani tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib chiqadi.
Terma jamoani jahon chempionatidagi tarixiy yo‘lining hal qiluvchi pallasida boshqargan Timur Kapadzening jamoada qolishi hali aniq emas.