Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston yaqin soatlarda italiyalik murabbiy Fabio Kannavaroni milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlaydi. Sobiq futbol afsonasi O‘zbekiston bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Fabio O‘zbekistonda yiliga 4 million yevro ishlab oladi. Xitoy ham Kannavaroni doimiy asosda terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashdan manfaatdor edi va unga yiliga 500 000 evro maosh taklif qildi. Fabio maoshning kamligi va jamoaning jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio 2019 yilda Xitoy terma jamoasi bilan ishlagan.U jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdi.