O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi fuqarolar soni barqaror va sezilarli darajada oshib bormoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Bu ijobiy tendentsiya aholining sog‘lom turmush tarzi muhimligi to‘g‘risida xabardorligi ortib borayotganidan dalolat beradi. 2025-yilning yanvar-avgust oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma so‘rovlariga ko‘ra jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning (uy xo‘jaligi a’zolari) ulushi 68,3 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning yil bo‘yicha ulushi:
• 2021 yil - 60,9%;
• 2022 yil - 62,3%;
• 2023 yil - 63,7%;
• 2024 yil - 67,8%;
• 2025 yil (yanvar-avgust) - 68,3%.