O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Ispaniyaning ikki klubi - "Real Madrid" va "Barselona" yulduzlari o‘yinda qatnashmaydi. "Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlari uchun terma jamoaga chaqirilmadi. "Real Madrid" futbolchisi Federiko Valverde ham terma jamoada ishtirok etmaydi.
Futbolchilarga terma jamoa bosh murabbiyi Marselo Bielsa dam berdi. Ular o‘z klublari ixtiyorida qoladilar.