Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi italiyalik murabbiy Fabio Kannavaroni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Poytaxtda murabbiy ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlardan biri O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi mumkinmi, deb so‘radi. Fabio noodatiy tarzda javob qaytardi.
"Italiya bilan o‘rtoqlik o‘yinimi? Aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, Italiya esa haligacha yo‘llanmani qo‘lga kiritmagan", - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Fabio 3 yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U allaqachon jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.