Bugun, 9-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvayt terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi Odilbek Hamrobekov o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning engil jarohati bor.
Eslatib o‘tamiz, Quvaytga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun ilk o‘yin bo‘ladi.