O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytga qarshi o‘yinni yakunladi. O‘yin Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi. Gollarga Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov mualliflik qilishdi.
Muxlislar o‘zbekistonlik futbolchilarning to‘p nazorati juda yomon ekanini ta’kidlashdi. G‘alaba qozongan bo‘lsalar ham, ular tez-tez to‘pni oldinga tepib, raqib darvozasi yaqinida egallab olishga harakat qilishdi. Dastlabki taassurotlarga qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro himoyaviy futbolga urg‘u beradi.