Avvalroq, o‘zbekistonlik darvozabon O‘tkir Yusupov jiddiy jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Futbolchi Eronga qarshi CAFA Nations Cup finalida jarohat olgandi.
Eron klubi futbolchisi jarohatidan forig’ bo‘lish uchun O‘zbekistonda qoldi. Keyinroq Yusupov operatsiya uchun Avstraliyaga yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni taniqli shifokor Fink Kristian bilan operatsiya qilinadi. Bu shifokor avval Sadio Mane, Federiko Kyesa, Lukas Ernandes, Leroy Sane va David Alaba kabi jahon miqyosidagi futbol yulduzlari bilan ishlagan.