O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tadigan mini-turnirda ishtirok etadi. Turnir noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati tadbirlari vaqtida o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turnirda Misr, Eron va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston esa Misrga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsda g‘olib chiqqan Eron - Kabo-Verde uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston, Misr va Eron terma jamoalari jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Ularning jamoalari musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Malumot uchun: Britaniyaning "Liverpul" klubi futbolchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasida to‘p suradi.