Bugun, 13-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Malayziyada Toshkent vaqti bilan 17:45 da bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni asosiy futbolchilarsiz o‘tkazadi. Abbosbek Fayzullaev, O‘tkir Yusupov, Odilbek Hamrobekov va Jaloliddin Masharipov jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi ham asosiy futbolchilarsiz qoladi. Himoyachi Ronald Arauxo va yarim himoyachi Federiko Valverde maydonga tushmaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dominikan Respublikasi va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda yulduz futbolchilar ishtirok etmagani uchun Urugvay terma jamoasiga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.