Hozirgina O‘zbekiston - Urugvay uchrashuvi yakunlandi. Malayziyada o‘tkazilgan va o‘rtoqlik o‘yini belgilangan o‘yin o‘tkazildi.
Jamoalar birinchi bo‘limda ehtiyotkor o‘ynadi va gol ura olmadi. Ikkinchi bo‘limda Urugvay ikki bor gol urib, uchrashuv taqdirini hal qildi.
82-daqiqada Ruslan Jiyanov O‘zbekistonning yagona goliga mualliflik qildi. Jiyanov jahon chempionati g‘olibi jamoa darvozasiga gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu ham O‘zbekistonning Urugvay darvozasiga kiritgan birinchi goli bo‘ldi.