Britaniyaning The Guardian gazetasi UPL muxbirining xabar berishicha, 2008 yilda tug‘ilgan dunyoning eng iqtidorli 60 nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘n yetti yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Sadriddin Hasanov iqtidor egalari qatoridan joy oldi. U 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng tarkibga kiritildi. U turnirda to‘rtta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
The Guardian O‘zbekistonning Saudiya Arabistoniga qarshi final o‘yinini esladi. Hakam ikki o‘zbekistonlik futbolchini maydondan chetlatdi, ammo shunga qaramay, jamoa g‘alaba qozondi. Hasanov asosiy rol o‘ynadi, gol urdi va jamoasini g‘alabaga olib chiqdi.