Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar terma jamoalari Toshkentda ikkitadan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston U-21 va U-20 terma jamoalari Qozog‘istondan kelgan raqiblaridan kuchliroq bo‘lishdi.
O‘zbekiston U-21 terma jamoasi qo‘shnilarini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. U-20 terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ikki mag‘lubiyatdan so‘ng Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Denis Mamonov iste’foga chiqdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olmagan va bosimga dosh bera olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston futboli so‘nggi yillarda og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda.