Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘zbekistonning sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze unga moslashishga yordam bermoqda.
Malumotlarga ko‘ra, Kapadze italiyalik moslashganidan keyin terma jamoani tark etishi mumkin. O‘zbekistonlik mutaxassis Indoneziya terma jamoasiga ko‘rilmoqda.
Sport nashrlaridan biriga bergan intervyusida Kapadze hali rasmiy taklif olmaganini, biroq indoneziyaliklar Instagram’da unga o‘z terma jamoalariga murabbiylik qilishni so‘rab yozishayotganini aytdi. Mutaxassis Indoneziya kuchli tarkibga ega va futbolni sevishini takidladi.