Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘zbekistonni tark etgani haqida insayderlar xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kannavaro o‘z vatani Italiyaga qaytgan. Murabbiy u yerda shaxsiy masalalarni hal qilishni rejalashtirgan.
Insayderlarning qayd etishicha, Fabio 3-4 kundan keyin O‘zbekistonga qaytib, O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarini kuzatishda davom etadi. O‘zbekiston Italiya terma jamoasi qo‘l ostida ikkita o‘yin o‘tkazib, Quvaytni 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va Urugvayga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.