O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiptalar uchun erta ro‘yxatdan o‘tish ishga tushirildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 27-oktabrdan boshlab butun dunyo futbol muxlislari FIFA rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tib, 2026-yilgi jahon chempionatining dastlabki chiptalarini sotib olish huquqi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini 31-oktabrgacha yakunlash lozim. Dastlabki chiptalarni xarid qilish huquqini aniqlovchi qur’ada ishtirok etish bepul.
Qayd etilishicha, "erta ro‘yxatdan o‘tish" - chiptalar ommaviy savdoga chiqishidan avval ularni birinchi bo‘lib kim sotib olishini aniqlaydigan tizim bo‘lib, yuqori talab kutiladigan uchrashuvlarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari ham AQSh, Meksika va Kanada hududida o‘tkaziladigan 2026-yilgi jahon chempionatiga chipta olish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.