O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanov jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Futbolchi 31-avgust kuni "Brayton & Hove Albion"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan.
"Manchester City" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, Xusanov jamoasi safida yana bir o‘yinni o‘tkazib yuboradi. "Siti" 9-turda "Aston Villa" bilan o‘ynaydi va o‘zbekistonlik himoyachi jamoa safida maydonga tusha olmaydi.
Gvardiola Xusanov tez orada maydonga qaytishini aytdi. Mutaxassis futbolchi hali o‘yin talablariga tayyor emasligini va shu sababli klub uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qilganini ta’kidladi.