Futbol insayderlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev klubini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aliboev Germaniyaning "Darmshtadt" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Jamoa Germaniyaning ikkinchi divizionida o‘ynaydi.
31 yoshli Aliboev hozirda "Neftchi" jamoasida o‘ynaydi. Uning shartnomasi shu yilning dekabr oyida tugaydi.
Aliboev faoliyatining katta qismini Janubiy Koreya klublarida o‘tkazgan. Yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushgan.