UPL muxbirining xabar berishicha, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining 10-turidagi o‘yinda ishtirok etdi.
Shomurodov "Basakshehir"ning "Antalyaspor"ga qarshi o‘yinida ikkita gol urdi. O‘yin o‘zbekistonlik hujumchining jamoasi foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi.
Eldor Turkiya chempionatining 10 ta o‘yinida oltita gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionatning eng yaxshi to‘purari hozirda Pol Onuachu.
Yana bir o‘zbekistonlik hujumchi Abbosbek Fayzullaev jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmadi.