AQSh prezidenti Donald Tramp homilador ayollarga murojaat qildi. Oq uy rahbari ayollardan paratsetamol ichmaslikni so‘radi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu dori autizmni keltirib chiqaradi. Autizm epidemiyasini to‘xtatish uchun prezident homilador ayollardan paratsetamolni qabul qilishni to‘xtatishni so‘radi.
AQShda autizm bilan kasalanish soni 2000 yildan beri 400% ga oshgan. Ilgari har 19 000 boladan 1 nafarida autizm bor edi, hozirda bu raqam 31 tadan 1 bolaga to‘g‘ri kelmoqda.