Jahon banki ekspertlarining fikricha, dunyo bo‘ylab mol go‘shti narxi rekord darajada yuqori bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr oyida mol go‘shti narxi 1960-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Bu go‘shtning o‘rtacha bir kilogrammi 6,90 dollar turadi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, narx taklifning qisqarishi va talabning ortishi tufayli ko‘tarilgan. Ushbu tendentsiya ketma-ket to‘rt oy davom etmoqda. Avgustdan sentyabrgacha narx yana 0,6% ga oshdi va yillik o‘sish 10% ga yaqinlashmoqda.
Bu tendentsiyani bir necha omillar qo‘zg‘atmoqda: go‘shtli chorvachilikda uzoq ishlab chiqarish tsikli, umumiy inflyatsiya, AQSh va Xitoyda iste’mol talabining oshishi va raqobatdosh sut mahsulotlari narxining oshishi, bu esa so‘yish uchun jo‘natilgan chorva mollari ulushini kamaytirmoqda. Qurg‘oqchilik oqibatlari ham bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda, chunki yaylovlar qisqarib, yem-xashak narxi oshib bormoqda. AQShda sigirlar soni 1951 yildan beri eng past darajaga tushdi.