Samarqandlik fuqaro aliment to‘lamagani uchun uchinchi marta sudlanishi mumkin

Samarqandlik fuqaro aliment to‘lamagani uchun uchinchi marta sudlanishi mumkin
Farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda - Samarqand viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2014-yildagi ijro varaqasi asosida Ishtixon tumani Majburiy ijro byurosiga o‘zining ikki voyaga etmagan farzandi uchun aliment undirishni so‘ragan shaxsga nisbatan ish kelib tushgan. Ish jarayonida unga xorijga chiqish taqiqlangan.

Biroq, erkak doimiy ravishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan va tegishli ma’muriy jazoga tortilgan. 2015-yilda sud uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash" moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, bir oy muddatga uy qamog‘i jazosini tayinlagan. Shuningdek, sud unga 2 094 277 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirishga majbur qildi.

Ushbu shaxs jazoni o‘tab bo‘lgach, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashda davom etgan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash" moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan 9 421 825 so‘m qarzni majburiy undirish bilan bir yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shundan keyin ham erkak alimentni to‘lamagan va 2019 yilda yana ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan. Keyinchalik qarzdorning qarindoshlari tomonidan 3 997 000 so‘m miqdoridagi qarzning bir qismi to‘langan.

Erkak qolgan 155 587 000 so‘m qarzni to‘lashdan bosh tortgan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash" 1-qismi bilan yana jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U yana bir yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1