Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi - Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda maxsus rezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan "Chinor" statsionar yo‘l harakati xavfsizligi postida Toshkentdan Andijonga ketayotgan "Cobalt" rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘rikdan o‘tkazildi. Avtomashina haydovchisi 1988-yilda tug‘ilgan Andijonlik fuqaro bo‘lgan.
Tekshiruv davomida avtomashinada O‘sh shahrida yashovchi 1971-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lganligi aniqlangan. Undan 4,9 kg gashish topilib, olingan. Qo‘lga olingan shaxsning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u narkotik moddalarni Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi dalalardan birida joylashgan yashirin omborxonadan olgan. Shuningdek, u yerda qo‘shimcha 45,52 kg gashish topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, narkotiklarning butun partiyasi O‘zbekistonga Afg‘onistondan boshqa shaxslar tomonidan olib kirilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Kontrabanda" va "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish" moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.