Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, firibgarlik holatlari aniqlandi.
Departamentning Qo‘shrabot tuman boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruvda "A." MChJ rahbari 8 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan 12 ming AQSh dollari olgani aniqlangan. U mazkur pul evaziga ularni Angliyaga yuborish va ishga joylashtirishni va’da qilgan, biroq mablag‘ni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.
Xuddi shuningdek, Andijon viloyatida DXX va IIB xodimlari hamkorligida 1 300 AQSh dollarini olayotgan paytda firibgar qo‘lga olindi. U mazkur pul evaziga boshqa bir fuqaroning Germaniyada ishga joylashishiga "ko‘maklashishni" va’da qilgan.
Har ikki holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.