Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani hokimi aholiga murojaat qildi. Tuman rahbari fuqarolarni paxta terimiga chiqishga chaqirdi va qishda yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun go‘ngdan yasaladigan tezaklarni jamg‘arishni tavsiya etdi.
Hokim odamlar tezak yasashni to‘xtatib qo‘yganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar tezak bilan isinishi mumkin bo‘lsa-da, gaz talab qilmoqda.
"Mana oddiy tezak. Hech kim uni qilmaydi. Axir uni yasab, uyda to‘plab qo‘yish mumkin-ku? Qor yog‘sa, (o‘choqqa - tahr.) bir-ikki dona tashlaysiz-da, o‘tiraverasiz... Nega faqat ‘gaz, gaz’ deymiz?", - dedi tuman rahbari.
Hokimning fikricha, fuqarolar moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun paxta terimiga chiqishi mumkin. U shuningdek, oilaviy tarzda terimga chiqilsa, topilgan mablag‘ga oilaga zarur mahsulotlarni sotib olish mumkinligini qayd etdi.[media=[media=https://t.me/uzbhub/1846]]